Nikolás Maduro Manxetten sudiga olib kelindi
Dunyo
Venesuelaning sobiq prezidenti Nikolás Maduro Nyu-Yorkdagi federal sudga kuchaytirilgan qo‘riqlov ostida olib kelindi.
Venesuelaning sobiq prezidenti Nikolás Maduroni olib ketayotgan avtomobil kolonnasi Nyu-York ko‘chalarida kuzatildi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 3 yanvar kuni Venesuelada qo‘lga olingan Maduro Bruklindagi tergov hibsxonasidan chiqarilib, Manxettendagi federal sudga yetkazilgan. U yerda uning ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi o‘tkaziladi.
AQSh hukumati Maduroni narkoterrorizm, qurol-yarog‘ning noqonuniy aylanishi va AQShga kokain olib kirish bo‘yicha fitnada ayblamoqda. Ishni okrug sudyasi Elvin Xellerstayn ko‘rib chiqadi.
Birinchi majlisda ehtiyot chorasi va sud jarayonining keyingi bosqichlari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor