Eron, Rossiya va Xitoyning qo‘shma mashg‘ulotlari AQSh harbiy-dengiz kuchlari hududida o‘tkaziladi

Dunyo

Eron, Rossiya va Xitoy Ummon qo‘ltig‘i hamda Hind okeani akvatoriyasida qo‘shma harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ushbu hudud global savdo va xavfsizlik nuqtayi nazaridan strategik ahamiyatga ega.

Eron, Rossiya va Xitoyning qo‘shma mashg‘ulotlari AQSh harbiy-dengiz kuchlari hududida o‘tkaziladi
Mashg‘ulotlarga alohida geosiyosiy mazmun bag‘ishlayotgan jihat — ayni vaqtda ushbu hududda AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining “Abraham Lincoln” aviatasuvchisi va uni kuzatib borayotgan kemalar joylashganidir.

Avvalroq ham Tehron, Moskva va Pekin dengizdagi qo‘shma mashg‘ulotlar orqali harbiy hamkorlik va dengiz yo‘llari xavfsizligini ta’minlash muhimligini ta’kidlab kelgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing