Nobel mukofoti laureati Narges Mohammadi 7,5 yilga qamaldi
Dunyo
Eronlik huquq himoyachisi va 2023 yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Narges Mohammadi 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda uning advokati Mostafa Nili ma’lum qildi, deb xabar beradi DW.
Sud qaroriga ko‘ra, u “jinoyat sodir etish maqsadida yig‘ilishlarda ishtirok etish va til biriktirish” aybi bilan olti yilga, targ‘ibot aybi bilan esa yana bir yarim yilga hukm qilindi.
Bundan tashqari, ozodlikka chiqqach, ikki yil davomida mamlakatni tark etishi taqiqlanadi. Shu muddatga unga Xusf shahrida yashash majburiyati ham yuklatildi.
Huquq himoyachisi 2025 yil dekabrida advokat Xosrov Alikordi xotirasiga bag‘ishlangan marosim vaqtida hibsga olingan edi. 2026 yil fevral boshida u ochlik e’lon qildi. Advokatining so‘zlariga ko‘ra, sog‘lig‘i yomonlashgani sababli u vaqtincha shifoxonaga o‘tkazilgan, so‘ng yana qamoqqa qaytarilgan.
So‘nggi yillarda Mohammadi bir necha bor hibsga olingan, ilgari chiqarilgan hukmlar bo‘yicha umumiy jazo muddati esa 30 yildan oshadi.

Powered by Froala Editor