Nodirbek Abdusattorov Ruminiyada dunyo shaxmat elitasi bilan kuch sinashmoqda

Sport

Buxarest shahrida o‘tayotgan nufuzli “Superbet Chess Classic Romania-2025” turniri davom etmoqda. Yirik mukofot jamg‘armasiga ega musobaqada dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ishtirok etmoqda.

Nodirbek Abdusattorov Ruminiyada dunyo shaxmat elitasi bilan kuch sinashmoqda
O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Nodirbek Abdusattorov 2-turda oq donalarda jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi durang natijani qayd etdi. 3-turda esa u hindistonlik Pragg’nanandha bilan bahs olib borib, imkoniyatni boy berdi.

Bugun Nodirbek 4-tur doirasida yana qora donalarda harakat qiladi — uning navbatdagi raqibi AQSh vakili, tajribali grossmeyster Fabiano Caruana bo‘ladi. Turnir 16-maygacha davom etadi va 9 turdan iborat.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing