Norvegiya dunyodagi keskinlik sharoitida 82,5 ming tonna don zaxirasini yaratmoqchi

Dunyo

Mamlakatning Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vaziri Geir Pollestad toʻrt kompaniya bilan don saqlash boʻyicha tegishli shartnomalar imzoladi.

Norvegiya dunyodagi keskinlik sharoitida 82,5 ming tonna don zaxirasini yaratmoqchi
Norvegiya 2030-yilga kelib Ukrainadagi mojaro, iqlim inqirozi, COVID-19 pandemiyasi oqibatlari va jahon xavfsizligiga boshqa tahdidlar fonida mamlakatda 82,5 ming tonna don zaxirasini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS Associated Press (AP) ga tayanib xabar berdi.

Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat vaziri Geir Pollestad to'rtta kompaniya bilan tegishli don saqlash shartnomalarini imzoladi. Ular 2024-2025-yillarda, 25-yil davomida amal qiladi. Vazirning so'zlariga ko'ra, bunday choralar "yuzaga kelishi mumkin bo'lgan inqiroz sharoitida Norvegiya aholisi uch oy davomida don zaxiralariga ega bo'lishi" uchun zarurdir.

AP ma'lumotlariga ko'ra, Oslo dastavval don zaxiralari hajmini 30 ming tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda va kelgusi bir necha yil ichida kompaniyalar bilan o'n yillik oxirigacha kerakli ko'rsatkichga erishish uchun bir qator shartnomalar tuzadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing