Novak Jokovich 23-marta "Katta dubulg'a" g'olibi boʻlib, mutlaq rekordchiga aylandi
Sport
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich “Rolan Garros”ning final uchrashuvida norvegiyalik Kasper Rudni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv 7:6, 6:3, 7:5 hisoblarida Jokovich foydasiga hal bo‘ldi.
Bu gʻalaba Jokovichning “Katta dubulg'a”musobaqalaridagi gʻalabasining yigirma uchinchisi hisoblanadi. U shu orqali mazkur toifadagi erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslarida eng ko'p chempionlik rekordini o'rnatdi. Ilgari Jokovich ispaniyalik Rafael Nadal bilan birinchi o'rinni bo'lishib olgandi.
Rafael Nadal koʻp oʻtmay Jokovichni tabrikladi.
“Ushbu ajoyib yutuq bilan tabriklayman @djokernole. 23 — bu bir necha yil avval o'ylab bo'lmaydigan raqam edi va siz buni uddaladingiz! Oilangiz va jamoangiz bilan undan zavqlaning!”, deya tvit qoldirdi u.

Powered by Froala Editor