Noyob Rolex Platinum Daytona $3,1 millionga sotildi
Dunyo
Gonkongdagi Sotheby's auksionida soatlar san'ati olamidagi eng noyob buyumlardan biri — platina korpusli va mineral toshdan yasalgan noyob firuza siferblatli Rolex Zenith Daytona sotildi.
Ushbu nusxa kolleksionerlarning e’tiborini jalb qildi va hayratlanarli narxda — $3,1 millionga sotildi. Sotheby's auktsion uyi ushbu Rolex 1998-yilda Rolex kompaniyasining sobiq bosh direktori Patrik Xayniger tomonidan ishlab chiqarilgan beshta Zenith namunalaridan biri ekanligini tasdiqladi. Ulardan to'rttasi muhim biznes hamkorlarga tuhfa qilingan edi, bu noyob namuna esa Xaynigerda qolgandi.
Ushbu Rolex Platinum Daytona boshqa nusxalar orasida nafaqat noyobligi, balki mineral toshdan yasalgan noyob firuza siferblati bilan ham ajralib turadi. Shu paytgacha Daytona modelida bunday material ishlatilmagan, shu bois u kolleksionerlarning o’zgacha e’tiboriga sazovor bo’ldi. Dastlab Sotheby's tomonidan 500 000 dan 1 000 000 dollargacha baholangan soat sotuvdan oldingi bahosidan bir necha baravar yuqoriroq narxga sotildi.
Mazkur noyob soatning sotilishi kolleksionerlar va yuqori soat san'atini biluvchilar orasida katta hayajonga sabab bo’ldi. Uni xarid qilish nafaqat sarmoya, balki kolleksionerlar qalbida abadiy qolajak soat olami tarixining bir qismiga ega bo'lish imkoniyatiga aylandi.

Powered by Froala Editor