Nurilla Abduraxmanov Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi

Siyosat

Nurilla Abduraxmanov Toshkent shahrining Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent hokimligi xabar berdi.

Nurilla Abduraxmanov Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi
Xalq deputatlari kengashining 11-mart kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida Nurilla Abduraxmanovning Bektemir tumani hokimi lavozimiga tayinlangani rasman tasdiqlandi.

Nurilla Abduraxmanov bungacha Chilonzor tumanidagi “Gavhar” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelgan.

1981-yilda tug‘ilgan Nurilla Abduraxmanov Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari hokimliklarida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Avvalgi hokim Tapil Mahamadziyayevni lavozimidan ozod etish haqidagi qaror fevral oyi boshida qabul qilingan edi. Bu prezident bosh vazirga poytaxtning bir qancha tumanlari rahbarlarini, jumladan Mahamadziyayevning lavozimiga layoqatliligini tekshirish bo‘yicha topshiriq berganidan keyin sodir bo‘ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing