Nvidia aksiyalari tarixiy maksimumga yetdi

Biznes

Nvidia kompaniyasi aksiyalari narxi 138,07 AQSh dollariga yetib, tarixiy eng yuqori yopilish narxini qayd etdi. Kompaniyaning umumiy kapitalizatsiyasi esa 3,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Texnologiya gigantlari Nvidia chiplari uchun katta talabni kutayotgan bir vaqtda, investorlar ayniqsa AI (sun’iy intellekt) texnologiyalaridagi ulkan rivojlanishdan umidvor.

Nvidia aksiyalari tarixiy maksimumga yetdi
CNBC’ning ma’lumotlariga ko‘ra, Nvidia aksiyalari 14-oktabrda 2,43% ga oshib, yangi rekordni yangiladi. Sentyabr oyida aksiyalar narxi bir necha marotaba oshgan va 2024 yil boshidan buyon aksiyalarning umumiy o‘sishi 180% ni tashkil etdi.

Nvidia kompaniyasi sun’iy intellekt bozorida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan ChatGPT yirik texnologik kompaniyalarni AI chiplari bozoriga jalb qildi va Nvidia ulardan 95% bozor ulushini egallaydi.

Kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan yangi avlod AI chipi Blackwell katta talabga ega. Nvidia asoschisi va bosh direktori Jensen Xuangning bayonotiga ko‘ra, bu chipning ishlab chiqarilishi muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing