NYT: O'n minglab ukrainaliklar safarbarlikdan yashirinmoqda

Dunyo

Gazeta ma’lumotlariga ko’ra, ukrainalik erkaklar “qonli xandaq urushi”da halok bo‘lishdan qo‘rqishmoqda.

NYT: O'n minglab ukrainaliklar safarbarlikdan yashirinmoqda
O‘n minglab ukrainalik erkaklar “qonli xandaq urushi” bilan bog‘liq mojaroda halok bo‘lishdan qo‘rqqani uchun muddatli harbiy xizmatdan qochib, yashirinishmoqda. Bu haqda TASS The New York Times gazetasiga tayanib xabar bermoqda.

Garchand qancha odam yashirinayotgani noma'lum bo'lsa ham, Kiyev va Lvov kabi yirik shaharlarda ijtimoiy tarmoq a'zolarini safarbarlik haqida ogohlantiruvchi guruhlar o'n minglab odamlarni tashkil etadi, deyiladi gazetada.

Ukrainalik erkaklar mojaroda o'lishdan qo'rqishlarini bildirdilar, deya davom etdi NYT. Gazetaning yozishicha, Kiyev jangovar yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun frontga “yetarlicha tayyorgarlikdan o‘tmagan” qo‘shinlarini jo‘natmoqda.

Harbiy tahlilchilar tegishli tayyorgarlik yo'qligi sababli, Ukraina qurolli kuchlari o'z pozitsiyalarini ushlab tura olmayotganin ta'kidlamoqda.

2022-yil fevral oyidan boshlab Ukrainada umumiy safarbarlik e'lon qilindi va bir necha bor uzaytirildi. Rasmiylar harbiy xizmatga chaqirilgan ukrainaliklarning xizmatdan qochishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Ayni paytda chaqiruv yoshidagi erkaklar har qanday yo‘l bilan ham o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yib, mamlakatni tark etishga urinmoqda. Ular chegarani suzib o’tishga yoki tog‘lar orqali qochishga urinmoqda. Chegarachilar ayol qiyofasini kiygan yoki kamuflyaj kostyumlaridan foydalanganlarni qo‘lga oldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing