Nyu-Yorkda haydovchilar tirbandlik uchun pul to'lashlari mumkin

Nyu-York AQShda haydovchilarni tirbandlik uchun pul to‘lashga majburlaydigan birinchi shaharga aylanishi mumkin. Bu haqda “The New York Times” xabar bermoqda.

Nyu-Yorkda haydovchilar tirbandlik uchun pul to'lashlari mumkin
Shaharning asosiy qismi “Times Square” va eng mashhur hududlardan biri “Soho” boʻlgan Manxetten okrugi markaziga kirish toʻlovini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, olinadigan pullar jamoat transportini moliyalashtirishga sarflanadi. Yengil avtomobil haydovchilari 15 dollar, yuk mashinasi haydovchilari hajmiga qarab 24 yoki 36 dollar, motosikl haydovchilari esa 7,50 dollar to'lashlari kutilmoqda. Kirish to'lovi kuniga bir marta olinadi. Shu bilan birga, taksi va jamoat transporti yig‘im to‘lamaydi va yo‘lkira narxi oshiriladi.

To'lovlar ish kunlari mahalliy vaqt bilan soat 5:00 dan 21:00 gacha, dam olish kunlari esa 9:00 dan 21:00 gacha amal qiladi. Avtotransport vositalarini nazorat qilish uchun pullik zonaga kirish va chiqish joylariga, ustunlar, yo‘l ko‘rsatkichlari va ko‘priklarga elektron detektorlar o‘rnatiladi.

Nashrning yozishicha, Nyu-Yorkda bunday tariflarni joriy etish g‘oyasi yillar davomida haydovchilar va amaldorlarning qarshiligiga duch kelgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing