OAV Yevropa Ittifoqining Xitoy bilan savdo urushiga tayyorgarligi haqida xabar berdi

Iqtisodiyot

Yevropa Ittifoqi Xitoy bilan elektromobillar bojlari tufayli keng ko‘lamli savdo urushiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “Izvestiya” The Economist nashriga tayanib xabar berdi.

OAV Yevropa Ittifoqining Xitoy bilan savdo urushiga tayyorgarligi haqida xabar berdi
"Yevropa katta savdo urushiga tayyorlanmoqda. […] Keyingi mojarolar [Pekin bilan] yuzaga kelishi mumkin, bu davrda Yevropa ittifoqi [savdo] qurollarining yangi turlarini qo'llaydi", — deyiladi nashrda.

Xalqaro davlat xaridlarining jazo mexanizmi haqida gap ketayotgan bo’lishi mumkin. Bu "bo'ysunmaslik" holatida Xitoyning butun Evropa bo'ylab davlat tenderlariga kirishini to’sib qo’yishni nazarda tutadi.

Shuningdek, nashrning yozishicha, YeI AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning qayta saylanishidan xavotirda, sababi u barcha importlarga o‘n foizlik bojlar joriy etishga va’da bergan edi.

Yevropa Ittifoqi 4-iyuldan boshlab Xitoydan elektromobillar uchun 37,6 foizgacha import bojlari joriy qildi. Bunday qadam XXRda ishlab chiqarishni subsidiyalash tufayli qabul qilindi. Avtomobil ishlab chiqaruvchilari uchun bojlar miqdori ularning mahsulot qiymatining 17,4 dan 37,6% gacha bo'ladi.

Fevral oyi oxirida AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatga Xitoydan olib kelingan avtomobillar milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligi sababli tekshiruv o‘tkazishni boshlagan edi. U Amerika Qo'shma Shtatlarining fuqarolari va muhim infratuzilmasi haqida nozik ma'lumotlarni to'plashi mumkin bo'lgan xitoylik ulangan avtomobillarni tekshirishni buyurdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing