Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda og‘ir atletika va futbol rivojiga e’tibor qaratdi
Sport
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni O‘zbekistonda og‘ir atletika va futbol infratuzilmasini istiqbolli rivojlantirishga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida Chirchiq shahrida sportchilarni kasbiy tayyorlash bo‘yicha Og‘ir atletika markazini, shuningdek, bir qancha viloyatlarda hududiy maktablarni tashkil etish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, mahallalarda futbol infratuzilmasini kengaytirish, erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari o‘rtasida jamoalar tashkil etish ko’zda tutilgan.
Yangi tashabbuslar yoshlarni sportga keng jalb etish, sifatli zaxirani shakllantirish, terma jamoalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Powered by Froala Editor