Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi

O'zbekiston

Doniyor Madirimov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati hokimligining matbuot xizmati.

Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi
Madirimov Doniyor Mamatsaliyevich 1979-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. Ma’lumoti — oliy. 1999-yili O'zbekiston Milliy universiteti, 2019-yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Doniyor Madirimov faoliyati davomida Toshkent shahar Statistika boshqarmasi, O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasida bo'lim boshlig'i, Shayxontohur tumani hokimining o'rinbosari, Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo iqtisodiy boshqarmasi boshlig'i, Sirdaryo viloyati hokimining o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig'i singari mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo'yicha yordamchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing