Oksana Chusovitina Germaniyada Jahon Kubogi finaliga chiqdi
Sport
Afsonaviy oʻzbek gimnastikachisi Oksana Chusovitina, 50 yoshida ham sport olamida hayrat uyg‘otmoqda. U Germaniyaning Kotbus shahrida boʻlib oʻtayotgan Jahon Kubogi bosqichida saralashni muvaffaqiyatli oʻtkazdi.
Oʻzining asosiy yoʻnalishi — qo‘llab turish sakrashida — Chusovitina 13,133 ball to‘pladi va bu natija uni turnir finaliga olib chiqdi. Final bahslari ertaga boʻlib oʻtadi.
Oldinroq Chusovitina Toshkentdagi World Challenge Cup’da qo‘llab turish sakrashida ikkinchi oʻrinni egallab, barqaror formasi va dunyoning yetakchi gimnastikachilari bilan bellashishga tayyorligini namoyish qilgan edi.
Powered by Froala Editor