Olimpiadadagi g‘alabalarimiz — Yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini isbotladi

O'zbekiston

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari Parij Olimpiadasida erishilgan ulkan zafarlar bilan xalqimizni tabrikladi.

Olimpiadadagi g‘alabalarimiz — Yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini isbotladi
Prezident Mirziyoyev, “Tokio olimpiadasidan so‘ng, biz top-15 likka kirish maqsadini oldimizga qo‘ygandik. Sportchilarimizning matonat va iroda bilan erishgan natijalari tufayli, 208 davlat vakillari orasida biz 13-o‘rinni, Osiyoda 4-o‘rinni, va turkiy, musulmon hamda MDH davlatlari orasida birinchi o‘rinni egalladik”, dedi.

Yig‘ilishda Prezident yoshlarimizning bu yuksak yutuqlari Yangi O‘zbekistonning qanday kuchli ekanini butun dunyoga namoyon qilganini ta’kidladi. “Ushbu natijalar tariximizda zarhal harflar bilan yozildi”, — dedi prezident.

Prezident, shuningdek, barcha sportchilar, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylarini Yangi O‘zbekistonning chinakam qahramonlari deb atadi va ular bilan faxrlanishimiz kerakligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing