Oliy ta’lim va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda chuqur o‘zgarishlar zarurligini ta’kidladi va oliy ta’lim hamda fan tizimida kadrlar almashinuvini e’lon qildi.

Oliy ta’lim va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi
Yil boshidan buyon o‘quvchilarimiz xalqaro fan olimpiadalarida 195 ta medal qo‘lga kiritdi. Ular uchun 10 mlrd so‘m, murabbiy-o‘qituvchilariga esa 3,5 mlrd so‘m mukofot puli ajratiladi.

Shuningdek, xorijiy til o‘qituvchilari jalb qilingan 1 mingdan ortiq maktablarda sertifikat olgan o‘quvchilar soni bir yil ichida 2,5 barobar ko‘paydi.

Prezident qayd etdi: maktabgacha va maktab ta’limida sezilarli natijalar bor, ammo kasb-hunar va oliy ta’limdagi islohotlar yetarlicha amalga oshmayapti.

Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohruh Daliyev, o‘rinbosarlari Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukhonov lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adham Xudayqulov (boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan) va Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajaboyev lavozimidan ozod etildi.

Davlat rahbari endilikda barcha vazirlar, ularning o‘rinbosarlari va hokimlar ta’lim yo‘nalishida proaktiv va preventiv yondashuv asosida ishlashi zarurligini qat’iy ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing