Olmaotadagi xostelda yongʻin yuz berdi. Qurbonlar orasida o‘zbekistonliklar bor
Dunyo
30-noyabr kuni tongda Qozog‘istonning Olmaota shahridagi xostelda yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida, 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xostelda 72 kishi bo‘lgan, ulardan 59 nafari o‘zini evakuatsiya qilishga ulgurgan.
“Yong‘inni o‘chirish va qidiruv ishlari davomida 13 nafar jasad topilgan, ularning shaxsi aniqlanmoqda. Taxminlarga ko‘ra, ular is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan”, deyiladi xabarda.
Vafot etganlar orasida oʻzbekistonliklar borligi ma’lum qilindi.
"Oʻlgan 13 kishidan toʻrt nafari xorijlik. Rossiya Federatsiyasi fuqarolari — ikki kishi, yana ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi, shuningdek, toʻqqiz nafar Qozogʻiston fuqarosi. Sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi", deyiladi Olmaota politsiya departamenti xabarida.

Powered by Froala Editor