OpenAI Chrome brauzerini Googledan sotib olishga tayyor
Biznes
Agar Google monopoliyaga qarshi da’vo tufayli Chrome brauzerini sotishga majbur bo‘lsa, uning yangi egasi OpenAI bo‘lishi mumkin. Kompaniya allaqachon "eng yaxshi mahsulot" yaratish uchun xaridni ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.
ChatGPT mahsulotlari bo‘yicha menejer Nik Terli Bloomberg agentligiga bergan intervyusida OpenAI agar AQSH sudi monopoliyaga qarshi ish doirasida Google’ni Chrome brauzerini sotishga majburlasa, uni sotib olishdan manfaatdor ekanligini aytdi.
2024-yilda sud Google qidiruv tizimlari bozorini monopollashtirganini tan oldi. Adliya vazirligi keskin choralar ko‘rishni, jumladan, "Chrome"ni bosh kompaniyadan ajratishni, eksklyuziv shartnomalarni bekor qilishni va raqobatchilar uchun qidiruv ma’lumotlariga kirishni ochishni talab qilmoqda.
Terlining so‘zlariga ko‘ra, ChatGPT’ning brauzer bilan chuqurroq integratsiyasi foydalanuvchi tajribasini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Hozirda OpenAI allaqachon Chrome uchun ChatGPT qo‘shimchasini taklif qilmoqda, biroq o‘z brauzeri kompaniyaga interfeys va funksiyalar ustidan to‘liq nazoratni taqdim etgan bo‘lardi.
O‘z navbatida, Google’ning aytishicha, bunday choralar foydalanuvchilarga zarar yetkazadi va odatiy xizmatlar sifatini yomonlashtiradi.
Google va OpenAI o‘rtasidagi ehtimoliy bitim so‘nggi yillardagi texnologiya bozoridagi eng shov-shuvli voqealardan biri bo‘lishi mumkin.

Powered by Froala Editor