OpenAI o‘zining ChatGPT o‘rnatilgan brauzeri taqdim etdi

OpenAI kompaniyasi Atlas nomli yangi brauzerni taqdim etdi. Ushbu brauzer ChatGPT sun’iy intellekti bilan integratsiyalashgan bo‘lib, u nafaqat axborot izlash, balki saytlarni tahlil qilish, buyurtma berish, hujjatlar bilan ishlash va kundalik vazifalarni avtomatlashtirish imkonini beradi.

OpenAI o‘zining ChatGPT o‘rnatilgan brauzeri taqdim etdi
ChatGPT Atlas foydalanuvchining internetdagi tajribasini yanada aqlli jarayonga aylantirish uchun mo‘ljallangan. Endilikda foydalanuvchi sun’iy intellektga topshiriqlar berib, saytlardan qisqa xulosa tayyorlash, mehmonxona bron qilish yoki onlayn shakllarni to‘ldirishni avtomatik tarzda amalga oshirishi mumkin.

Atlas, shuningdek, elektron pochta, hujjatlar va jadvallar bilan ishlash, tahlil qilish va hisobot tayyorlash imkonini beradi.

Eng e’tiborli jihati — Agent Mode rejimi bo‘lib, u ChatGPT’ga foydalanuvchi o‘rniga mustaqil harakat qilish imkonini beradi: buyurtmalarni bajarish, kundalik ishlarni avtomatlashtirish yoki loyihalarni boshqarish.

Mutaxassislarning fikricha, Atlas taqdimoti sun’iy intellekt asosidagi brauzerlar davrining boshlanishini bildiradi — endi AI internet bilan o‘zaro aloqaning yangi markaziga aylanmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing