Openinfo.uz Token.uz blokcheyn platformasini integratsiya qilgan O’zbekistondagi birinchi tashkilot bo’ldi
O'zbekiston
Korporativ ma’lumotlarning yagona portali — Openinfo.uz Token.uz blokcheyn platformasini integratsiya qilgan O’zbekistondagi birinchi tashkilot bo’ldi blokcheyn platformasini integratsiya qilgan O’zbekistondagi birinchi tashkilot bo’ldi. Bu haqda UZINFOCOM matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Token.uz platformasining Openinfo.uz Yagona korporativ axborot portali faoliyatiga integratsiyalashuvi yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarni ma’lumotlar reyestrining taqsimlangan daftari texnologiyasi (“blokcheyn texnologiyasi”) yordamida saqlash imkonini berib, bu orqali ularning shaffofligini bevosita oshiradi va ruxsat etilmagan buzib kirishlardan, o’zgartirishlardan himoya qiladi.
Ushbu platformanining integratsiya qilinishi sohada ma'lumotlar ishonchliligini ta'minlashda muhim qadam bo'lishi va investorlarning ishonchini oshirishga yordam berishi kutilmoqda. Ushbu qadam O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyasi va umuman fond bozori infratuzilmasini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
“Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha Yagona Integrator – UZINFOCOM’’ MChJ tomonidan ishlab chiqilgan Token.uz pilot loyihasi 2024-yil 29-yanvardan boshlab kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi ‘’Tartibga solish qumdoni’’ maxsus huquqiy rejimining ishtirokchisi hisoblanadi.

Powered by Froala Editor