Oq uy Erondagi maktabga berilgan zarba bo‘yicha ayblovlarni rad etdi
Dunyo
Oq uy AQSHning Erondagi qizlar maktabiga berilgan zarbaga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi. Shu bilan birga, hodisa yuzasidan Pentagon olib borayotgan tekshiruv davom etayotgani ma’lum qilindi.
Bayonotga AQSH harbiylari Erondagi Menab okrugidagi maktabga berilgan zarbada ishtirok etgani haqidagi OAV xabarlari sabab bo‘ldi. Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt AQSH harbiylari hech qachon tinch aholi va bolalarni nishonga olmasligini ta’kidladi. U jurnalistik surishtiruv tafsilotlariga izoh berishdan bosh tortib, barcha savollarni Pentagonga yo‘naltirdi.
Avvalroq OAV Pentagon voqea yuzasidan tahlilni davom ettirayotganini xabar qilgan edi. Eron rasmiylariga ko‘ra, maktabga berilgan zarba oqibatida 168 nafar o‘quvchi va 14 nafar maktab xodimi halok bo‘lgan. Eron bu hujum uchun AQSHni ayblamoqda, biroq Vashington ayblovlarni rad etmoqda.

Powered by Froala Editor