Oq uy: Tramp va Putin shaxsiy uchrashuvga tayyor

Dunyo

AQSh va Rossiya rahbarlari o‘zaro uchrashuvga tayyorlik bildirganini rasmiy Vashington tasdiqladi. Muzokaralarda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ishtirok etishi mumkin.

Oq uy: Tramp va Putin shaxsiy uchrashuvga tayyor
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan shaxsiy uchrashuvga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karolin Livitt xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ham Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga ochiq.

"Tramp bugun Truth Social platformasida yozganidek, uning maxsus vakili Stiv Uitkoff va prezident Putin o‘rtasidagi uchrashuvda muhim siljishlarga erishildi. Rossiya tomoni Tramp bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuv o‘tkazishni xohlayapti, Tramp esa Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyor", — dedi Livitt.

New York Times nashrining yozishicha, Tramp kelasi haftada avval Putinga, so‘ngra Zelenskiy ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuvga tayyorlanmoqda.

Ukraina prezidenti Zelenskiy avvalroq Tramp bilan telefon orqali suhbatlashganini tasdiqladi. U bu muloqot maxsus vakil Uitkoffning Moskvaga safari ortidan o‘tkazilganini aytdi. Zelenskiy: “Urush tugashi kerak. Bu halol yakun bo‘lishi kerak”, — deya fikr bildirdi.

Muzokaralarda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Germaniya kansleri Fridrix Mers va NATO bosh kotibi Mark Ryutte ham ishtirok etgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing