Orban yana Vengriya bosh vazirligi uchun nomzod
Siyosat
Vengriyaning hokimiyatdagi «Fides» partiyasi Viktor Orbanni 2026 yil aprel oyida bo‘ladigan parlament saylovlarida bosh vazirlikka nomzod sifatida rasmiy ravishda e’lon qildi. «Yigirma yildan so‘ng bosh vazirlik vazifasini yana bajarishga tayyorman», — dedi Orban M1 telekanalida jonli efirda translyatsiya qilingan kongressda.
Orban 2010 yildan beri hokimiyatda va Ukraina harbiy yordamiga va uning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishiga qarshi bo‘lgani bilan tanilgan, bu esa Bryusselda norozilik uyg‘otadi. Uning asosiy raqibi, Ukraina Yevrointegratsiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan «Tisa» partiyasi rahbari Peter Madyar hisoblanadi.
Bosh vazir shuningdek, Ukraina maxsus xizmatlari Bryussel yordamida Vengriya hududida faoliyat olib borib, ichki siyosatga ta’sir ko‘rsatib, hozirgi hukumatni ag‘darishga urinishlarini ta’kidladi. Vengriya TIV rahbari Peter Siyarto ham mamlakatda hokimiyatni o‘zgartirish uchun millionlab dollar sarflanayotganini qo‘shimcha qildi.

Powered by Froala Editor