Orban YI bilan sudlashadi: Vengriya Rossiya gaziga oid qarorni rad etadi
Dunyo
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan bosqichma-bosqich voz kechish haqidagi qarori bo‘yicha sudga murojaat qilinishini ma’lum qildi. U ushbu tashabbusni “aniq noqonuniy” va Yevropa qadriyatlariga zid deb atadi.
Vengriya YI tarkibida Rossiya bilan eng kuchli energetik aloqalarga ega davlatlardan biri bo‘lib, gaz importiga cheklovlar qo‘yilishiga muntazam ravishda qarshi chiqib keladi.
Mahalliy radio bilan suhbatda, AFP keltirganidek, Viktor Orban Vengriya Rossiya gazidan voz kechish bo‘yicha YI qarorini bekor qilish maqsadida Yevropa sudiga murojaat qilishini aytdi.
“Biz Bryussel tanlagan bu aniq noqonuniy va Yevropa qadriyatlariga zid qarorni qabul qilmaymiz, <…> biz Yevropa sudiga murojaat qilamiz”, — dedi u.
O‘tgan oktabr o‘rtalarida YI Kengashi 2026-yil 1-yanvardan boshlab Rossiya gazini import qilishni bosqichma-bosqich to‘xtatish rejasi tasdiqlangan edi. Amaldagi uzoq muddatli shartnomalar uchun 2028-yil 1-yanvarga qadar o‘tish davri saqlanib qoladi. Reja, shuningdek, yetkazib berishdagi uzilishlar yuzaga kelganda taqiqni vaqtincha to‘xtatish mexanizmini ham o‘z ichiga oladi.
Vengriyaning sudga murojaati Yevropa energetika siyosati borasidagi ichki kelishmovchiliklarni yanada kuchaytirishi mumkin, ayniqsa Rossiya energiya resurslaridan voz kechishning tezligi va real imkoniyati bo‘yicha bahslar davom etayotgan bir paytda.

Powered by Froala Editor