Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifati oshiriladi

O'zbekiston

“KfW” banki (Germaniya Federativ Respublikasi) ishtirokidagi “Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifati oshiriladi
Qarorga ko‘ra, “Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasi bo‘yicha quyidagilar tasdiqlandi:

loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;

loyihani amalga oshirish doirasida “KfW” bankining qarzlarini qaytarish, shu jumladan, qo‘shimcha haq va foizlar to‘lashning prognoz jadvali;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati tibbiyot muassasalari uchun xarid qilinadigan tibbiy jihozlar taqsimoti;

xarid qilinadigan maxsus avtotransport vositalarining hududlar bo‘yicha taqsimoti.

Bunda, sog‘liqni saqlash vazirligi Loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish, grantlardan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Xaridlar markazi” davlat muassasasi Loyihani amalga oshirish doirasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yuk qabul qiluvchi kontragent hisoblanadi.

Adliya vazirligi O‘zbekiston va “KfW” banki o‘rtasida imzolangan qarz va grant bitimlari bo‘yicha yuridik xulosa beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing