Oʼzbekiston va Qirgʼiziston oʼrtasida 16 ta hujjat imzolandi
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov oʼrtasida boʼlib oʼtgan muzokaralar yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi.
Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʼiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov oʼrtasida boʼlib oʼtgan muzokaralar yakunida qator ikki tomonlama 16 ta hujjat imzolandi.
Jumladan:
Qirgʼiz Respublikasining Issiqkoʼl viloyati hududida joylashgan kurort-hordiq xoʼjaligi obʼektlari boʼyicha hukumatlararo bitim;
Fuqarolarning oʼzaro kelib-ketishlari toʼgʼrisidagi hukumatlararo bitimga oʼzgartirishlar kiritish toʼgʼrisida bayonnoma;
Oʼzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʼlishi boʼyicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash toʼgʼrisida bayonnoma;
Qurilish faoliyati sohasidagi hamkorlik toʼgʼrisida bayonnoma;
Mehnat, aholi bandligi va migratsiya sohasidagi hamkorlik toʼgʼrisida bayonnoma;
Madaniyat va sanʼat sohasidagi hamkorlik toʼgʼrisida bayonnoma;
Davlat xizmati sohasidagi hamkorlik toʼgʼrisida bayonnoma;
2024-2030 yillarda oʼzaro savdo hajmini oshirish boʼyicha chora-tadbirlar rejasi;
2024-2026 yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʼyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi;
2024-2026 yillarda qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʼyicha "yoʼl xaritasi";
2024-2026 yillarda Toshkent va Bishkek shaharlari oʼrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʼyicha chora-tadbirlar rejasi;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Qirgʼiz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tashabbuslar milliy instituti oʼrtasidagi memorandum va boshqalar.

Powered by Froala Editor