Ortega: Nikaraguada endi saylovlar bo‘lmaydi

Dunyo

Nikaragua Prezidenti Daniel Ortega mamlakatda endilikda saylovlar o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu qaror muxolifatning hokimiyatga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qabul qilinmoqda, biroq uni amalga oshirish mexanizmi hozircha ochiqlanmagan.

Ortega: Nikaraguada endi saylovlar bo‘lmaydi
Sandinistlar inqilobining 47 yilligiga bag‘ishlangan marosimda so‘zga chiqqan Ortega, uning fikricha, saylovlar muxolifatga hokimiyatni egallash imkonini berishi mumkinligini ta’kidlab, mamlakatda endi saylovlar o‘tkazilmasligini bildirdi.

Prezident ushbu qaror qonunchilikda qanday rasmiylashtirilishini izohlamadi.

Mamlakat tashqarisida faoliyat yuritayotgan muxolifat vakillari bu bayonotni siyosiy zaiflik va har qanday raqobatdan voz kechishga urinish sifatida baholadi.

Daniel Ortega ilk bor 1981-yilda davlat rahbari bo‘lgan. U 1990-yilgi saylovlarda mag‘lubiyatga uchragach, 2007-yilgacha muxolifatda bo‘lgan. 2011, 2016 va 2021-yillardagi prezidentlik saylovlaridagi g‘alabalari esa siyosiy raqiblar ta’qib qilingani haqidagi tanqidlar fonida bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing