Osiyo avtomobil gigantlari AQSH bojlari tufayli milliardlab mablag‘ yo‘qotmoqda

Dunyo

Donald Trampning Meksika, Kanada va Xitoydan importga qat’iy tariflar joriy etish haqidagi qarori Osiyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilarning aksiyalarini ag‘dardi. Yaponiya va Janubiy Koreya kompaniyalari asosiy bozorlardan biri bo‘lgan AQShga xarajatlarni o‘sishi va eksportni pasaytirish xavfiga duch keldi.

Osiyo avtomobil gigantlari AQSH bojlari tufayli milliardlab mablag‘ yo‘qotmoqda
Meksika va Kanadadan import uchun 25 foizlik, shuningdek, Xitoydan tovarlarga 10 foizlik tarif joriy etilishi zavodlari ushbu mamlakatlarda joylashgan Yaponiya va Janubiy Koreyaning yetakchi avtokonsernlari aksiyalarining keskin pasayishiga sabab bo‘ldi.

Eng ko‘p zarar ko‘rgan "Toyota" va "Nissan" bo‘lib, ularning aksiyalari 5 foizdan ko‘proq, "Honda" esa o‘z qiymatining 7 foizini yo‘qotdi. Meksikada ishlab chiqaradigan Janubiy Koreyaning Kia Motors kompaniyasi ham 7 foizga pasaygan. Janubiy Koreyaning eng yirik akkumulyator ishlab chiqaruvchilari POSCO Future M va EcoPro BM mos ravishda 9,1 va 8,7 foizga quladi.

Mutaxassislar nafaqat AQShda talabning pasayishidan, balki umuman jahon iqtisodiyotining sekinlashishidan ham xavotirda. Vashingtonning harakatlariga javoban Kanada va Meksika allaqachon javob tariflarini joriy etishini e’lon qilgan, bu esa global biznes uchun noaniqlikni kuchaytirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing