Osiyo sohil o‘yinlari 2026-yilda qaytadi
Sport
Ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng Osiyo sport taqvimiga qum va suvda o‘tkaziladigan tomoshabop musobaqalar qaytmoqda. Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) 2026-yilda Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo sohil o‘yinlari qayta tiklanishini rasman e’lon qildi.
Musobaqa 2026-yilning 22-30-aprel kunlari Xitoyning Sanya shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Avvalroq bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan o‘yinlar koronavirus pandemiyasi sababli bekor qilindi.
Qayta tiklash to‘g‘risidagi qaror Osiyo Olimpiya kengashi va Xitoy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.
Osiyo sohil o‘yinlarining qayta tiklanishi mintaqada to‘laqonli sport hayotini tiklash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Powered by Froala Editor