Osiyo suv ostida: musson yomg‘irlari o‘nlab insonlar hayotiga zomin bo‘ldi
Dunyo
Osiyoning katta qismi joriy musson mavsumining eng og‘ir davrlaridan birini boshdan kechirmoqda. Ekstremal yog‘ingarchilik va keng ko‘lamli suv toshqinlari Xitoy, Hindiston, Bangladeshning ayrim hududlari hamda Himolay mintaqasini qamrab olib, millionlab aholi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
Xitoyning janubiy va markaziy hududlarida kuchli yomg‘irlar bir necha kundan beri davom etmoqda. Tabiiy ofat oqibatida kamida 39 kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi bedarak yo‘qolgan.
Hindistonda musson yomg‘irlari mamlakatning deyarli barcha hududlarini qamrab olib, qator mintaqalarda suv toshqinlariga va murakkab vaziyatga sabab bo‘lmoqda.
Jahon meteorologiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ekstremal yog‘ingarchilik Osiyoda eng tez kuchayib borayotgan iqlim xavflaridan biriga aylanmoqda. Mintaqadagi keng ko‘lamli suv toshqinlari Yevropani qamrab olgan rekord darajadagi issiq kabi boshqa ob-havo anomaliyalari fonida yuz bermoqda.

Powered by Froala Editor