“Oskar”-2026: yangi rekord va kutilmagan favorit
Dunyo
Amerika Kinoakademiyasi 98-“Oskar” mukofoti nominantlarini e’lon qildi. Eng katta syurpriz sifatida rejissyor Rayan Kuglerning Sinners (“Gunohkorlar”) filmi maydonga chiqdi. Kartina 16 ta nominatsiya bilan “Oskar” tarixida mutlaq rekord o‘rnatdi.
Film eng muhim yo‘nalishlarda, jumladan “Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi rejissyor”, “Eng yaxshi erkak roli” va “Eng yaxshi original ssenariy” nominatsiyalarida taqdim etildi. Bungacha eng ko‘p — 14 ta nominatsiya — faqat All About Eve (1950), Titanic (1997) va La La Land (2016) filmlariga nasib etgan edi.
“Gunohkorlar”ning muvaffaqiyati, ayniqsa, Kinoakademiya odatda xorror janriga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishini inobatga olganda, alohida e’tiborga loyiq. Film vampir mifologiyasini musiqiy va madaniy tafakkur bilan uyg‘unlashtiradi.
Tanqidchilarga ko‘ra, kartinaning markazida bluz musiqasi turadi — u xotira, qarshilik va o‘tmish bilan kelajak o‘rtasidagi bog‘liqlik ramzi sifatida talqin qilinadi. Bu yondashuv filmni yilning eng muhokama qilingan asarlaridan biriga aylantirdi.
Raqobatda ikkinchi o‘rinni Pol Tomas Andersonning siyosiy tragikomediyasi One Battle After Another egalladi — u 13 ta nominatsiya oldi.

Powered by Froala Editor