O‘zbekiston Yilqichilik va ot sport federatsiyasi kubogining g‘oliblari aniqlandi
Sport
7-mayda Toshkentda O‘zbekiston Yilqichilik va ot sport federatsiyasi kubogining g‘oliblari aniqlandi. Tadbir sport o‘yinlari bilangina kifoyalanib qolmay, keng shodiyona shaklida o‘tkazildi.
Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi kubogi uchun musobaqalar afsonaviy Askot ruhiyatida o‘tdi. Tashkilotchilar faqat sport o‘yinlari bilan chegaralanib qolmay, tadbirni aristokratlarga xos shodiyona tarzida o‘tkazdilar. Askotda bo‘lgani kabi, bu yerda ham dress-kod amal qildi: zebo libos va shlyapa.
O‘zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bilan imzolangan memorandum doirasida Kubok hammuassisi “Gusta Creations” MChJ bo‘ldi. Konkurs bo‘yicha musobaqani aristokratlar shodiyonasi bilan uyg‘unlashtirish g‘oyasi kompaniya muassisi Go‘zal Irmatovaga tegishli.“Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi kubogi O‘zbekistonning eng kuchli konkurchilarini jamlaganidan mamnunmiz. Ularning mahorati, ajoyib tayyorgarligi va jasoratidan hayratda qoldim. Bu yil Kubok birinchi bor o‘tkazildi. Ammo biz turnir har yil o‘tkazilishi va yangi chempionalar chiqishiga xizmat qilishiga umid qilamiz”, - dedi “Gusta Creations” MChJ muassisi Go‘zal Irmatova.
Ot sporti musobaqalarida 60 dan ziyod chavandoz qatnashdi. O‘zbekiston konkurchilaridan tashqari, maydonga Qozog‘iston, Belarus va rossiyalik sportchilar chiqdilar. O‘zbekiston Respublikasi TIV huzuridagi Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi ko‘magida taklif etilgan elchixonalar va xalqaro tashkilotlar vakillari tadbirning faxriy mehmonlari bo‘ldilar.Torli kvartet ijrosidagi klassik musiqa tadbirga o‘ziga xos muhit bag‘ishladi. Musobaqa O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov ijrosidagi O‘zbekiston madhiyasi bilan boshlandi.
Tomoshabinlar e'tibori aqlni ojiz qoldiruvchi latofatga ega tulporlarga va o‘z mahoratlarini to‘laqonli namoyish etayotgan mohir chavandozlarga qadaldi. Konkur Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiradi va ot sportining eng tarovatli turlaridan sanaladi.
Kubok marshrutini loyihalashtirishga xalqaro toifadagi kurs-dizayner Abdul Kamal (Fransiya) mas'ul bo‘ldi. Musobaqa 3 ta toifada o‘tkazildi:1. 12–14 yoshdagi bolalar. G‘olib – Firdavsbek Davronbekov, “Bakarboni DG” laqabli otda;2. 5–6 yoshdagi yosh otlar uchun marshrut. G‘olib – Alisher Erkinov, “Etos” laqabli otda;3. Erkin toifa. G‘olib – A'zam Tolibboyev, “Klass Iks” laqabli otda.“Erkin toifa” marshrutini ham havaskorlar, ham tajribali sportchilar bosib o‘tishi mumkin bo‘ldi.

Powered by Froala Editor