Otabek Umarov Xanchjouda Si Szinpin va uning rafiqasi Pen Liyuan xonim bilan uchrashdi
Sport
Bugun Xitoyning Xanchjou shahrida XIX-Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarovning Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o'yinlarining tantanali ochilish marosimida Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati tarkibida ishtirok etishi ko'zda tutilgan.
Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlarining Atletlar shaharchasiga tashrif buyurib, O'zbekiston delegatsiyasining shtab-kvartirasini ko'zdan kechirdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Otabek Muhammadaliyevichga Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov hamda Oybek Kasimov boshchiligidagi O'zbekiston MOQ rahbariyati hamrohlik qilishgan. Tashrif davomida shaharchada Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun yaratilgan sharoitlar o'rganilgan.
“Atletlarimiz yashaydigan xonalar, tibbiyot bo'limi, mashg'ulot va musobaqa zallariga qatnashlari uchun yo'lga qo'yilgan transport-logistika tizimi, sport turlari bo'yicha musobaqalar taqvimi haqida atroflicha ma'lumot berildi. Shuningdek, atletlar shug'ullanadigan sport zallari, oshxonalar ham ko'zdan kechirildi”, deyiladi xabarda.
OOK vitse-prezidenti ayni paytda shaharchada yashayotgan sportchi va murabbiylar bilan yaqindan suhbatlashgan. Samimiy muloqot davomida ularning tayyorgarligi, kayfiyati haqida gaplashib, bo'lajak bahslarda ularga omad tilagan.
Otabek Umarov bugun Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o'yinlarining tantanali ochilish marosimida Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati tarkibida ishtirok etishi ko'zda tutilgan.
“Bugun Xitoyning Xanchjou shahrida XIX-Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu uzoq kutilgan voqea arafasida eng ilhomlantiruvchi uchrashuvdir. Xitoy Xalq Respublikasining muhtaram Raisi Si Szinpin janoblariga va ularning rafiqalari Pen Liyuan xonimga Osiyo Olimpiya Kengashi faoliyatiga bo‘lgan e’tiborlari uchun tashakkur”, deya yozib qoldirdi Umarov.

Powered by Froala Editor