Oy Quyoshni to‘liq to‘sdi: keyingi tutilish deyarli uch baravar uzoq davom etadi

Dunyo

12-avgust kuni 2026-yildagi yagona to‘liq Quyosh tutilishi kuzatildi. To‘liq faza maksimal 2 daqiqa 18 soniya davom etdi, Oy soyasining to‘liq tutilish yo‘lagi esa Grenlandiya, Islandiya, Rossiyaning shimoliy hududlari, Ispaniya va Portugaliyaning kichik qismi orqali o‘tdi.

Oy Quyoshni to‘liq to‘sdi: keyingi tutilish deyarli uch baravar uzoq davom etadi
Qisman tutilish esa ancha keng hududlarda — Yevropa, Shimoliy Afrika va Shimoliy Amerikaning ayrim qismlarida kuzatildi. NASA ma’lumotlariga ko‘ra, Yer yuzasida to‘liq fazaning maksimal davomiyligi 2 daqiqa 18 soniyani tashkil etdi.

Keyingi to‘liq Quyosh tutilishi 2027-yil 2-avgust kuni sodir bo‘ladi. Uning maksimal davomiyligi ancha uzoq — 6 daqiqa 23 soniya bo‘ladi. To‘liq tutilish yo‘lagi Ispaniyaning janubi, Shimoliy Afrika, jumladan Misr, shuningdek Saudiya Arabistoni va Yaman hududlaridan o‘tadi.

NASA hisob-kitoblariga ko‘ra, 2027-yildagi to‘liq fazaning eng uzoq davom etishi 6 daqiqa 23,2 soniyani tashkil qiladi. Maksimal davomiylik nuqtasida tutilish yo‘lagining kengligi qariyb 257 kilometr bo‘ladi.

Quyosh tutilishini kuzatishda faqat maxsus himoya vositalaridan foydalanish kerak. Oddiy quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklar Quyoshga xavfsiz qarash uchun mo‘ljallanmagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing