Ozarbayjon elchisi O‘zbekistondagi 14 yillik diplomatik missiyasini yakunladi

Siyosat

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Husayn Guliyev bilan uning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan uchrashdi. Tomonlar elchining o‘n to‘rt yillik faoliyati davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashdagi ulkan hissasini alohida ta’kidladilar.

Ozarbayjon elchisi O‘zbekistondagi 14 yillik diplomatik missiyasini yakunladi
Qayd etilishicha, Husayn Guliyev nafaqat Ozarbayjonning munosib vakili, balki O‘zbekistondagi diplomatik korpus doyeni sifatida ham yuksak hurmat qozongan. Uning ko‘p yillik samarali faoliyati O‘zbekistonda munosib e’tirof etilib, u «Do‘stlik» va «Mehnat shuhrati» ordenlari bilan taqdirlangan.

Baxtiyor Saidov elchiga o‘zbek-ozarbayjon hamkorligini rivojlantirish yo‘lidagi fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirib, unga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing