Ozarbayjon faxriy konsuli Toshkent hokimligi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Siyosat
28-fevral kuni Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov faxriy konsul Kyanan Jalilov boshchiligidagi Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi konsulligi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Bu haqda Toshkent hokimligi xabar berdi.
Shavkat Umurzakov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari doirasida barqaror iqtisodiyotni shakllantirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, jamiyatda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar poytaxtimizda amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, turizm, infratuzilma, uy-joy kommunal xo‘jaligi va ishlab chiqarish kabi turli sohalarda loyihalarni amalga oshirish rejalari haqida ma’lum qildi.
Kyanan Jalilov qabul uchun minnatdorlik bildirib, Ozarbayjon ishbilarmon doiralari O‘zbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Powered by Froala Editor