Ozarbayjon va O‘zbekiston harbiylari qoʻshma mashgʻulotlar oʻtkazadi
Dunyo
O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarida harbiylar maxsus harbiy operatsiyalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha taktikalarni ishlab chiqadi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari o‘rtasida imzolangan 2023-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasiga muvofiq, Toshkent viloyatidagi Chirchiq poligonida UZAZ-2023 kompyuter ko‘magidagi taktik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mashg‘ulotlarda qatnashadigan Ozarbayjon armiyasining bir guruh harbiy xizmatchilari ayni vaqtda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
“O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarida harbiylar maxsus harbiy operatsiyalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha taktikalarni ishlab chiqadi”, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor