Ozarbayjonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi bo'lib o'tadi
Siyosat
Ozarbayjonda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2025-yilning oktabrida oʻtkazilishi kerak edi, biroq Aliyev ularni 2024-yilning fevralida oʻtkazishga qaror qildi. U 2003-yildan buyon mamlakatni boshqarib kelmoqda va 2018-yilning aprel oyida to‘rtinchi marta qayta saylangan.
Ozarbayjonning amaldagi Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoyishiga ko‘ra, Ozarbayjonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 2024-yil 7-fevralda bo‘lib o‘tadi.
“Ozarbayjon Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti saylovini 2024-yil 7-fevralga tayinlashni va ularning Ozarbayjon Respublikasi Saylov kodeksida belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlasin”, deyiladi tegishli hujjatda.
Navbatdagi prezidentlik saylovlari 2025-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Saylov sanasini o‘zgartirish sabablari haqida ma’lumot berilmagan. Ozarbayjon qonunchiligiga ko‘ra, respublika Prezidenti yetti yil muddatga saylanadi. Ozarbayjonda so‘nggi prezidentlik saylovlari 2018-yilning aprel oyida bo‘lib o‘tdi.

Powered by Froala Editor