Ozarbayjonning Guba shahrida "O'zbekiston-Ozarbayjon: turk dunyosi targ'iboti va madaniyati markazi" ochildi

Dunyo

Ozarbayjon davlat pedagogika universitetining Guba shahridagi filialida "O'zbekiston-Ozarbayjon: turk dunyosi targ'iboti va madaniyati markazi" ochildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ozarbayjonning Guba shahrida "O'zbekiston-Ozarbayjon: turk dunyosi targ'iboti va madaniyati markazi" ochildi
Ma’lum qilinishicha, markaz Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tantanali ochilish marosimida Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi prezidenti Isa Gabibbeyli, Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdug'affor Qirg'izboyev, "O'zbekiston-Ozarbayjon" do'stlik jamiyati ijrochi direktori Erkin Nuriddinov, shuningdek, ikki mamlakat ziyolilari, ilm-fan namoyandalari va boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar ushbu markaz O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga, o'zbek tili va adabiyotini, shuningdek, mamlakatimiz madaniyati, tarixi va yurtimizning zamonaviy taraqqiyoti bosqichlarida erishilgan yuksak natijalarni keng targ'ib qilishga xizmat qilishini ta'kidladilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing