O‘zbek brendi Dubaydagi ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi

Dunyo

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi “Dubay xalqaro gumanitar yordam va taraqqiyot” ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib turibdi. Bu haqda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbek brendi Dubaydagi ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi
Qayd etilishicha, ko‘rgazmaning ilk kunida Dubay Amirligi ijroiya kengashi a’zosi, “Dubai Media Incorporated” korporatsiyasi raisi Shayx Hasher bin Maktum Al Maktum o‘zbek brendi ostidagi milliy mahsulotlar stendiga tashrif buyurib, O’zbekiston mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga katta qiziqish bildirdi.

Jahonning gumanitar va ijtimoiy sohadagi yetakchi nodavlat notijorat tashkilotlari, BMT tuzilmalari, Ijtimoiy sohadagi xalqaro tashkilotlar xalqaro, davlat va xususiy insonparvarlik jamg‘armalar vakillari ham milliy mahsulotlarimizga qiziqish bildirib, kelgusida korxona rahbarlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash istagida ekanini bildirdi.

“Zero, har qanday tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyat ustunlaridan biri bu ta’minot zanjiridagi ishonchli hamkorlar tarmog‘ini shakllantirishdir”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ko’rgazma 2024-yilning 23–25 -aprel kunlari Dubay Jahon savdo markazida bo‘lib o‘tmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing