O'zbekiston 2024-yilning yanvar-aprel oylarida meva-sabzavot eksportini 43,3% ga oshirdi
Iqtisodiyot
2024-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 298,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 514,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan, deb xabar bermoqda O’zR Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.
Bu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 43,3% ga yoki 155,6 ming tonnaga ko‘paygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (26,3%), Pokiston (24,2%), Qozog‘iston (13%) va Xitoy (9,3%) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2024-yilning yanvar-aprel oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,5% ini tashkil etgan.

Powered by Froala Editor