O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Italiya kompaniyalari bilan davra suhbati o‘tkazdi

Dunyo

2024-yil 28-may kuni Rim shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Italiyaning 30 ga yaqin kompaniyalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Italiya kompaniyalari bilan davra suhbati o‘tkazdi
“Bugun Rim shahrida Italiyaning 30 ga yaqin kompaniyalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazdik. Energetika, to‘qimachilik, transport, axborot texnologiyalari, muhandislik va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalar istiqboli haqida yetakchi kompaniyalar bilan samimiy suhbat qurdik. O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik uchun ulkan salohiyat mavjudligi, ayniqsa, B2B shaklidagi muloqotlarni yo‘lga qo‘yish muhimligi alohida ta’kidlandi. Italiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mariya Tripodi xonimdan har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdormiz”, — deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining Telegram-kanalida.

Ta’kidlash joizki, 24-may kuni Italiyaning Rim shahridagi Bonapart saroyida dunyoga mashhur fotosuratchi Mario Testinoning “Go‘zal dunyo” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Namoyishga qo‘yilgan asosiy asarlar sirasiga Testino tomonidan O‘zbekistonda tasvirga tushirilgan fotosuratlar kiradi. Ko’rgazma 25-avgustga davom etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing