O‘zbekiston 1,8 million dollarlik qalampir eksport qildi
O'zbekiston
O‘zbekiston 2025-yilning dastlabki ikki oyida qiymati 1,8 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,4 ming tonna qalampir eksport qildi. Bu haqida Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich 2024-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 1 062 tonnaga yoki 80 foizga oshgan. Bu esa mamlakat qalampir eksportining jadal sur’atlarda o‘sayotganidan dalolat beradi.
Eng ko‘p qalampir eksport qilingan davlatlar ro‘yxati quyidagicha:
Qozog‘iston – 1 488,4 tonna
Qirg‘iziston – 390,1 tonna
Ispaniya – 242 tonna
Rossiya – 98,8 tonna
AQSH – 96,4 tonna
Ozarbayjon – 38,1 tonna
Gruziya – 20,7 tonna
Mutaxassislar fikricha, ushbu trend yil davomida ham davom etsa, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi eksporti bo‘yicha yangi rekordlarga erishishi mumkin.

Powered by Froala Editor