O'zbekiston 2024-yilda meva-sabzavot eksportini ko'paytirdi
Iqtisodiyot
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati $150,1 millionga teng bo‘lgan 251,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu haqda O’zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 martaga yoki 115,5 ming tonnaga ko‘paygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari:
Pokiston - 26,6%;
Rossiya - 26,1%;
Qozog‘iston - 9,1%;
Xitoy - 9% davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2024-yilning yanvar-fevral oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 4,1% ini tashkil etgan.
Eslatib o'tamiz, 18-mart kuni Prezident raisligida bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida ishning noto'g'ri tashkil etilishi hamda eksportchilarning hal qilinmagan muammolari tufayli o'tgan yili qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati eksporti $2 milliarddan oshmaganligi qayd etilgan edi.

Powered by Froala Editor