O‘zbekiston 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qilishga tayyorlanmoqda

O'zbekiston

Mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2024-yil 14-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va YUNESKO rahbariyati o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O’zbekiston TIV matbuot xizmati.

O‘zbekiston 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qilishga tayyorlanmoqda
Muzokaralarda mamlakatimiz vazirlik va idoralari, YUNESKO Kotibiyatining tegishli bo‘limlari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda YUNESKO bosh boshqaruv organining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishiga tayyorgarlikning borishi yuzasidan fikr almashildi. Muzokaralar natijasida sessiyani yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha sohalarda hamkorlikda ishlash va yaqin aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

2025-yilda Samarqand shahri YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi. Ushbu yirik anjuman so‘nggi qirq yil ichida birinchi marta tuzilmaning Parijdagi bosh-qarorgohidan tashqarida bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing