O‘zbekiston Afg‘oniston konchilarini tayyorlaydi

O'zbekiston

O‘zbekiston Afg‘onistonning tog‘-kon va geologiya sohalari uchun mutaxassislar tayyorlashda ko‘mak beradi. Afg‘onistondan kelgan texnik delegatsiya malaka oshirish va o‘qitish dasturida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Afg‘oniston konchilarini tayyorlaydi
28 kun davom etadigan dastur Toshkent shahridagi Geologiya fanlari universiteti huzuridagi Tog‘-kon va geologiya sohasi xodimlarining malakasini oshirish institutida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar tog‘-kon sanoatini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Mazkur tashabbus afg‘on mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirish va yer osti boyliklaridan foydalanish hamda kadrlar tayyorlash sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing