O‘zbekiston Afg‘onistonga protein va vitaminlar yetkazib beradi

Iqtisodiyot

O‘zbekistondagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yiliga o‘rtacha 1 mln dollarlik protein va vitamin komplekslari Afgʻonistonga yetkazib beriladi. Shuningdek, 25 kungacha bo‘lgan muddatda dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning o‘zaro soddalashtirilgan tizimi ham joriy etish yoʻlga qoʻyilishi mumkin.

O‘zbekiston Afg‘onistonga protein va vitaminlar yetkazib beradi
O‘zbekiston Afg‘onistonga 1 mln dollarlik protein va vitaminlar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda agentlik delegatsiyasi Afg‘onistonda bo‘lib, mamlakat Oziq-ovqat va dori vositalari sifatini nazorat qilish milliy uyushmasi rahbariyati bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dori mahsulotlarini ushbu mamlakat bozoriga yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borgan

Unda O‘zbekistondagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yiliga o‘rtacha 1 mln dollarlik protein va vitamin komplekslarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Bundan tashqari, 25 kungacha bo‘lgan muddatda dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning o‘zaro soddalashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha kelishuv loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing