O’zbekiston aprel oyida qancha choyshab ishlab chiqargani ochiqlandi

O'zbekiston

2024-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 282,4 tonna yotoqxona uchun choyshablar ishlab chiqarildi, deb ma’lum qilmoqda Statistika agentligi.

O’zbekiston aprel oyida qancha choyshab ishlab chiqargani ochiqlandi
2024-yilning yanvar-aprel oyida esa yirik korxonalar tomonidan 1 158,8 tonna yotoqxona uchun choyshablar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, 2023-yili mamlakatimizda 8 milliard 200 million dollarlik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 7 yil oldingiga nisbatan 4,2 baravar ko‘p. Shuningdek, o’tgan yili tarmoqdagi eksport 3,1 milliard dollar bo‘ldi. Bu yil yana uchta yangi bozorlarga chiqilib, eksport geografiyasi 83 ta davlatga yetdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing