Jahon chempionati: Ertaga Oʻzbekiston Argentinaga qarshi toʻp suradi
Sport
Bugun Argentina yashil maydonlarida futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi (U-20) jahon chempionati boshlanadi. Chempionatning birinchi – ochilish marosimidagi o‘yinda amaldagi Osiyo chempioni O‘zbekiston terma jamoasi mezbon mamlakat Argentinaga qarshi maydonga tushadi.
24 ta mamlakat terma jamoalari ishtirok etayotgan chempionatda jamoalar 6 ta guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun toʻp suradi.
O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi (O‘FA) maʼlumotiga ko‘ra, Argentina –O‘zbekiston uchrashuvida mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi ko‘k, darvozabon esa sariq libosda harakatlanadi. O’yin 21-may Toshkent vaqti bilan 02:00 da boshlanadi.
«Estadio Único Madre de Ciudades» stadionida kechadigan bahsni fransiyalik Fransua Leteksiye bosh hakam sifatida boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Siril Mune va Mehdi Rahmuni yordam ko‘rsatadi.

Powered by Froala Editor